Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Zangiota tumanida yuk avtomashinasi haydovchilariga qalbaki AQSh dollari bergan fuqaro ushlandi

A A A
Zangiota tumanida yuk avtomashinasi haydovchilariga qalbaki AQSh dollari bergan fuqaro ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.A. Rossiya davlatidan yog‘och mahsulotini olib kelib bergan yuk avtomashinasi haydovchilari U.D. va S.N.ga xizmat haqi uchun 14 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:51 10.11.2023. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!