Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Zamonaviy “Robin Gud” Angliyada odamlarga pul tashlab ketyapti

Zamonaviy “Robin Gud” Angliyada odamlarga pul tashlab ketyapti

Angliyaning Darem grafligi polisiyasi Blekxoll-Kolyeri qishlog‘i odamlarining uyiga paket ichida pul tashlab ketayotgan odamning kimligini aniqlay olmayapti, deb yozmoqda Meduza.

Birinchi marta bu holat 2014 yilda kuzatilgan. O‘shandan beri jami 12 marotaba paketchali pul tashlab ketilgan, ulardan 4 donasini shu yilda tashlab ketishgan.

Paketlar odatda bir xil joyda qoldiriladi: katta yo‘l yoqasidagi uyning yonida. Uning ichida har doim bir xil miqdorda pul bo‘ladi: 2000 funt-sterling (taqriban 24,5 million so‘m). Mahalliy aholi topilgan paketlarni polisiyaga olib borib bermoqda. Ammo hech kim pul uchun da’vo qilmaydi, keyin uni mukofot deb topib olganlarga qaytariladi.

Polisiya aholini va tashkilotlarni so‘roqqa tutdi, banklar orqali sirli saxiy insonning shaxsini aniqlashga urinib ko‘rdi, ammo bundan foyda chiqmadi. Xaltalarda barmoq izlari qolmagan. Polisiya paketlar jinoyatchilarga tegishli bo‘lishi mumkinligini istisno qilib, kimdir Blekxoll-Kolyeri aholisiga yordam berishga harakat qilayotganini taxmin qilmoqda.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:02 19.11.2019. O'qildi: 2700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!