Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Zambiya sobiq prezidentining xotini o‘g‘rilikda ayblanib hibsga olindi

A A A
Zambiya sobiq prezidentining xotini o‘g‘rilikda ayblanib hibsga olindi

Zambiya polisiyasi mamlakatning sobiq prezidenti Edgar Lunguning xotini Ester Lunguni o‘g‘rilikda ayblab hibsga oldi.

“Polisiya sobiq birinchi xonim Ester Lunguga qarshi rasmiy ayblov qo‘ydi va uni avtomobil o‘g‘irlash jinoyatining uchta bandi bo‘yicha hibsga oldi”, deyiladi polisiya bayonotida.

Qayd etilishicha, u bilan birga yana to‘rt kishi hibsga olingan, ularga xuddi shunday ayblovlar qo‘yilmoqda.

Ester, shuningdek, jinoyatdan topilgan deb hisoblangan mulkka egalik qilishda ham ayblanmoqda.

Barcha qo‘lga olinganlar qamoqda saqlanmoqda.

Kiritildi: 23:11 06.09.2023. O'qildi: 2004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!