«Zakovat» intellektual klubi» NNT ta’sischisining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbir davomida o‘tgan yil natijalari hamda 2022 yil rejalari va kelgusi faoliyatning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi “«Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-96-son qarorining sifatli va samarali bajarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Quyilgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida “Zakovat” NNT shtatini kengaytirishga qaror qilindi.
Xususan, “Zakovat” klubi Prezidenti” yangi shtat birligi joriy etildi.
Bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijasida “Zakovat” klubi Prezidenti etib Abdurasul Abdullayev, NNT direktori lavozimiga esa Umid Narimov tayinlandi.