Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Zaharli yog‘ingarchiliklar va tuproqning ifloslanishi o‘nlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin"

"Zaharli yog‘ingarchiliklar va tuproqning ifloslanishi o‘nlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin"

Eronga berilgan zarbalardan so‘ng yuzaga kelgan zaharli yog‘ingarchiliklar va tuproqning ifloslanishi o‘nlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg.

AQSh va Isroil tomonidan ​Eronning neft omborlari va harbiy ob’ektlariga berilgan zarbalar havo, suv va tuproqqa zaharli moddalar ajralib chiqishiga olib keldi.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, ifloslanish boshqa hududlarga ham tarqalishi va o‘nlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin.

Qizil Yarim oy shifokorlari hozirning o‘zidayoq aholiga yomg‘irning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilan pana joylarga yashirinishni, zaharli tomchilar teriga tushganda esa zararlangan joylarni darhol oqar sovuq suv bilan yuvishni, shundan so‘ng chuqur kimyoviy kuyish va o‘yuvchi bug‘lar bilan zaharlanishning oldini olish uchun ifloslangan kiyimlarni germetik o‘rashni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!