Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Yuz niqobi koronavirusni to‘xtatadimi?

A A A
Yuz niqobi koronavirusni to‘xtatadimi?

Osiyodagi ko‘plab odamlar yangi koronavirusdan o‘zlarini himoya qilish uchun yuz niqoblarini taqishmoqda.

Evropa va Amerika Qo‘shma Shtatlarida yuz niqoblaridan kamroq foydalaniladi.

Ammo ko‘p odamlarda savol tug‘ilishi mumkin: Ushbu pandemiya paytida niqoblarni taqish kerakmi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maslahati shundan iboratki, agar siz sog‘lom bo‘lsangiz, quyidagi holatlardagina niqob taqishingiz kerak:

-Siz COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgani tahmin qilingan yoki tasdiqlangan kishini parvarish qilayotganingizda;

-Siz yo‘talyapsiz yoki aksiriyapsiz va o‘zingizda COVID-19 mavjudligini tahmin qilganingizda;

-Niqoblar yo‘talganda, aksirganda va nafas olganda tarqaladigan tomchilarni to‘sib qolishda qo‘l keladi. Bular yangi koronavirusning asosiy yuqish yo‘li hisoblanadi.

-Niqobning ikkita asosiy turi mavjud:

A) jarrohlik niqoblari, ular burun va og‘izni berkitib turuvchi matodir;

B) yuzga yopishib turadigan niqoblar, ular ba’zan respirator deb ham ataladi.

– Yuzga yopishib turadigan niqoblarning N95 turi sizni yaxshi himoya qiladi, ammo u infeksiyali tomchilarga qarshi to‘liq himoyani kafolatlamaydi.

N99 niqoblari esa samaraliroq himoyani taklif qilishi mumkin, ammo ba’zi odamlar bunday niqoblarda nafas olishga qiynalishadi.

Niqoblardagi 95 yoki 99 raqamlari ularning virusni to‘xtatib qolish funksiyasi qanchalik darajada ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, N95 sizni 95 foizga, N99 esa 99 foizga himoyalaydi.

-Niqob taqish bilan birga qo‘llaringizni tez-tez yuvib turishingiz va yuzingizga tegmasligingiz muhimdir.

-Har bir kishi niqobni taqishdan oldin qo‘llarini sovun, suv yoki tarkibida spirt mavjud bo‘lgan sanitariya vositasi bilan yaxshilab yuvishi kerak.

-Niqob og‘zingiz va burningizni yopishi kerak. Yuzingiz va niqob o‘rtasida bo‘sh joy bo‘lmasligi kerak.

-Iloji boricha niqobga tegmaslikka harakat qiling.

-Niqob nam bo‘lganda uni yangisiga almashtiring. Bir marta ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatmang.

-“Niqob taqish odamlarning yuzlariga tegishi moyilligini ham kamaytirishi mumkin”, deydi Lids universitetining Tibbiy tadqiqotlar instituti dosenti Stiven Griffin.

Kiritildi: 18:58 26.03.2020. O'qildi: 4049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!