Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yuta shtati bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklov qo‘ydi

Yuta shtati bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklov qo‘ydi

Yuta bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklov qo‘ygan birinchi AQSh shtati bo‘ladi, deya xabar bermoqda Associated Press

Shtat gubernatori Spenser Koks 22:30 dan 6:30 gacha vaqt oralig‘ida 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi ikkita qonunni imzoladi.

Bundan tashqari, barcha foydalanuvchilar o‘z yoshini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Qonunlar bunday yo‘l orqali bolalarga yetkazilgan zarar uchun da’vo qilish uchun eshiklarni ochadi. Qonunlar 2024 yil mart oyidan kuchga kiradi. Shunga o‘xshash tashabbuslar Arkanzas, Texas, Ogayo va Nyu-Jersi shtatlarida ilgari surilmoqda.

Kiritildi: 20:14 24.03.2023. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!