Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 8 taga oshdi

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 8 taga oshdi

2020 yil 22 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3036 (+8) nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan bo‘lib, infeksiya yuqtirgan yana 1 nafar fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 23:07 22.05.2020. O'qildi: 2647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!