“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizasiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlandi.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini realizasiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs 21 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining realizasiya qilinishini rad etishi shart.
Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bog‘liq munosabatlar, shuningdek, sohaga mas’ul organlarning vakolatlari belgilandi. Unga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizasiya qilish (sotish, sotib olish va h.k.) taqiqlanadi:
Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida iste’mol qilish taqiqlanadi. Chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylar faqat chilim berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan, ventilyasiya tizimlari bilan jihozlangan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va ob’ektlarda tashkil etilishi mumkin.
Alkogol mahsulotlarining iste’mol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.