Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma’lum bo‘ldi

Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi 14ta yuridik texnikumlar uchun qabul ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, yuridik texnikumlariga jami 3420 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan 2310 ta kvota kunduzgi, 1110 ta kvota sirtqi ta’lim shakliga mo‘ljallangan.

Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma’lum bo‘ldi

Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma’lum bo‘ldi

Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma’lum bo‘ldi

Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma’lum bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar yoki lisey va kollej bitiruvchilari hujjat topshirishi mumkin.

Abituriyentlar ni qabul qilish Davlat test markazi o‘tkazadigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt («super-kontrakt») asosida ham talabgorlar o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

O‘qish muddati – 2 yil. Yuridik texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Toshkent davlat yuridik universitetiga test sinovlarisiz, suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yuridik texnikumlar bitiruvchilari notarius yordamchisi, FHDYo bo‘limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, sudya yordamchisi va davlat ijrochisi kabi 89 ta mutaxassislikda ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 08:30 13.07.2020. O'qildi: 9698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!