Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Yurgen Kloppning agenti «Real» bilan muzokaralar haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Yurgen Kloppning agenti «Real» bilan muzokaralar haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Liverpul» klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppning agenti Mark Kosike mijozining «Real»ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Avvalroq OAVda bu borada ma’lumotlar tarqalgan edi.

«Shunchaki mish-mish bo‘lgan narsalar haqidagi savollarga javob berishga hojat yo‘q. Hozirda biz bilan hech kim bog‘langani yo‘q. Klopp «Red Bull»dagi lavozimidan mamnun va «Real» murabbiyligi borasidagi muzokaralar haqida aytilayotgan gaplarning barchasi hozircha faqat mish-mish», — deya Kosikening so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Klopp «Red Bull» futbol bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, germaniyalik mutaxassisning nomi «Atletiko» bilan ham bog‘lanmoqda.

Kiritildi: 16:06 08.03.2026. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!