Doimiy tashvishlanish va tushkun kayfiyatda yurish siz uchun odatiy holatmi? Ehtimol, siz kuchli stressni boshingizdan kechirmoqdasiz. Ruhiy salomatlik jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 2022 yilda odamlarning 74 foizi o‘zlarini haddan tashqari bosim ostida his qilgan. Bu esa ko‘plab xavfli kasalliklar rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Stress insult va yurak xuruji xavfini oshiradi
Biz stressga har qanday joyda duch kelishimiz mumkin: uyda, ishda, ko‘chada, transportda... Qisqa muddatli stress tez o‘tib ketadi va undan keyin organizm qayta tiklanib, odatiy ish tartibiga qaytadi. Surunkali stress bo‘lsa kunlab, oylab hatto yillab davom etishi va bu vaqtda kortizol gormoni yuqori darajaga chiqishi, kishini sababsiz qo‘rquv va vahima bosishi mumkin. Doimiy va uzoq vaqt davom etgan stress organizmda yurak va qon tomirlari kasalliklari rivojlanishiga olib keladi.
Uzoq muddatli stress jiddiy sog‘liq muammolariga, shu jumladan yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin. Kuchli bo‘lgan salbiy his-tuyg‘ular sababli ishlab chiqilgan kortizol gormoni qon tomirlarining torayishi va moslashuvchanligini yo‘qotishiga, qon bosimining oshishiga olib keladi. Yurak urishi tezlashadi va tomirlar atrofida mushak qatlami qalinlashadi.
Qanday insonlar xavf ostida?
Quyidagi toifadagi shaxslarda kardiologik kasalliklarga duchor bo‘lish ehtimoli yuqoridir:
Yurakni stressdan qanday himoya qilish kerak?
Stressga qarshi kurashish uchun: