Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Yurak xuruji qaysi kunlari ko‘p yuz beradi?

Yurak xuruji qaysi kunlari ko‘p yuz beradi?

Britaniyalik olimlar izlanishi ko‘rsatdiki, og‘ir yurak xuruji dushanbada boshqa kunlarga qaraganda ko‘p uchrarkan. “Independent” nashri yozishicha, tadqiqot natijasida haftaning 1-kuni yurak xuruji ehtimoli kutilganidan 13 foiz yuqori ekani aniqlangan.

Belfast sog‘liqni saqlash va farovonlik jamg‘armasi hamda Irlandiyadagi Qirollik jarrohlar kolleji shifokorlari oroldagi 10 ming 528 bemorga oid ma’lumotni tahlil qilib, ular 2013-2018 yillar oralig‘ida yurak xurujining eng og‘ir turi – ST balandligi darajasidagi miokard infarkti (STEMI) bilan kasalxonaga yotqizilganini qayd etishgan. Bunday tashhis, odatda, katta koronar arteriya to‘liq bloklanganda yuzaga keladigan holatda qo‘yiladi.

Tadqiqotchilar ish haftasi boshida ST toifasidagi yurak xuruji ko‘payishini aniqlagan. Eng yuqori daraja dushanba kuni sodir bo‘lgan.

Manchesterdagi Britaniya yurak-qon tomir jamiyati konferensiyasida taqdim etilgan natijaga ko‘ra, yurak xuruji yakshanba kuni ham odatdagidan ko‘p qayd etilgan.

Binobarin, olimlar “Nega dushanba og‘ir kun?" savoliga javob bera olmagan.

Britaniya yurak jamg‘armasi qirollikda har yili ST segmenti balandligidagi miokard infarkti bilan 30 mingdan ortiq bemor kasalxonaga yotqizilishini bildirdi.

Xuruj yurak shikastlanishini minimallashtirish maqsadida shoshilinch baholash va davolashni talab qiladi. Odatda muolaja favqulodda angioplastika, ya’ni bloklangan koronar arteriyani qayta ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Belfast Sog‘liqni saqlash va farovonlik jamg‘armasi tadqiqotchisi, kardiolog Jek Laffan ta’kidlashicha, “ish haftasi boshlanishi va yurak xuruji o‘rtasida kuchli statistik bog‘liqlik” aniqlangan.

Kiritildi: 00:57 09.06.2023. O'qildi: 3360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!