“Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 2022 yildan boshlab quyidagi islohotlar amalga oshiriladi:
🔹Yiliga bir marta 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan aholining salomatlik profilini (ovqatlanish xarakteri, tamakiga qaramlik, tana vazni indeksi, arterial bosim, qondagi qand va xolesterin darajasi
va boshqalar) baholanadi.
🔹40 yoshdan oshgan aholi oilaviy poliklinika va tibbiyot brigadalari orqali yiliga kamida bir marta manzilli skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
🔹Yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bemorlarning yagona elektron reestrini yuritish hamda ushbu turdagi kasalliklari mavjud “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da bo‘lgan 200 ming nafardan ziyod aholiga enalapril (Enalapril) dori vositasi bepul tarqatiladi.
🔹Ehtiyojga ko‘ra tuman va shahar shifoxonalari laboratoriyalari koagulometr uskunasi hamda zarur reaktivlar bilan to‘liq ta’minlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.