Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yo‘qotilgan bank kartasining pullari talon-toroj qilindi

Yo‘qotilgan bank kartasining pullari talon-toroj qilindi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi 1970 y.t. fuqaro S.A., ariza bilan murojaat qilib, otasi, 1953 y.t. O.A., bozordan qaytib kelganidan so‘ng o‘ziga tegishli bank kartasini yo‘qotib qo‘yganligini va tekshirganida bankomat orqali 1.000.000 so‘m pullari naqdlashtirilib, yechib olinganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, pullarni o‘zlashtirgan shaxslar, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi 2000 y.t., S.P. hamda 2003 y.t., P.K. ekanligi aniqlangan.

S.P. va P.K. ushbu jinoyatni jabrlanuvchi O.A.ga tegishli bank kartasini topib olib, bankomatdan pullarni naqdlashtirib olish orqali sodir etganligi aniqlangan.

S.P. va P.K.larga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Kiritildi: 01:49 15.03.2023. O'qildi: 1772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!