Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yo‘qolgan plastik kartadan yechib olingan pullarni qaytarsa bo‘ladimi?

Yo‘qolgan plastik kartadan yechib olingan pullarni qaytarsa bo‘ladimi?

Bank kartamni yo‘qotib qo‘ygan edim. Kimdir uni topib olib, pullarini ishlatib yubordi. Bu haqida telefonimga xabar keldi. Shu xabardan foydalanib, pullarimni qaytarib olsam bo‘ladimi? Buning uchun nima qilishim kerak? Bank kartani yo‘qotganda nimalar qilish kerakligi haqida to‘liqroq tavsiyalar bersangiz.

Markaziy bank matbuot xizmati aholi tomonidan berilgan ushbu savolga quyidagicha javob qaytargan:

O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:

  • bank kartalarini chiqarish va ulardan foydalanish bank kartasining emitenti hamda bank kartasini saqlovchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi, bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchi bilan shartnoma tuzilguniga qadar bank kartasi saqlovchisini bank kartasidan foydalanish chog‘idagi xavfsizlik shartlari va choralari, e’tirozlarni berish usullari va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida xabardor qilishi shart ekanligi qayd etilgan;
  • bank kartasining yo‘qolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti aniqlanganda, bank kartasini saqlovchi bank kartasining emitentini bu haqda xabardor qiladi. Bank kartasining emitenti bank kartasi yo‘qolganligi yoki bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida xabardor qilinmagan taqdirda, barcha tavakkalchiliklar bank kartasini saqlovchining zimmasida bo‘lishi belgilangan;
  • bank kartasining emitenti bank kartasi yo‘qolganligi yoki bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida xabarnoma olinganidan keyin bank kartasini darhol blokirovka qiladi. Bank kartasining emitenti bank kartasi yo‘qolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida xabarnoma olinganidan keyin bank kartasidan ruxsatsiz foydalanganlik uchun javobgar bo‘ladi.

Shu bilan birga, “Banklar tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, PIN-kod – bank kartasi egasining shaxsiy identifikasiya raqami bo‘lib, u karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish huquqini hamda mablag‘larni boshqarishga bank kartasining egasi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlashi bayon etilgan.

O‘z navbatida, bugungi kunda mijozlar bank kartasini blokirovka qilish bo‘yicha bevosita bankka (veb-sayt yoki koll-markaz orqali) murojaat qilishi yohud banklarning mobil ilovalaridan foydalangan holda, kartani blokka qo‘yish imkoniyati mavjud.

Savolda ko‘tarilgan masala yuzasidan, yo‘qotilgan kartani begona shaxslar tomonidan foydalanish holati yuzaga kelgan taqdirda (bankka xabar berilmaganda yoki foydalanuvchining o‘zi blokirovka qilmaganda), bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda tezkor xabar berilishi kerak.

Kiritildi: 19:05 25.06.2020. O'qildi: 3179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!