Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Yo‘qolgan ashyolarni bundan buyon DXMdan topish mumkin

A A A
Yo‘qolgan ashyolarni bundan buyon DXMdan topish mumkin

Fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auksionga quyadi va sotadi.
Davlat xizmatlari markazlarida “yo‘qolgan ashyolarni topshirish, saqlash va uni qidirish” xizmati ishga tushurildi. Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berishicha, topilmalarni DXMga topshirish tartibi belgilandi.
Endilikda, yo‘qolgan buyumni topib olgan shaxs uni istalgan DXMga olib keladi. Markaz xodimi topib olingan buyum xaqida so‘rov to‘ldiradi. “Topilmalar”axborot tizimida ro‘yxatga oladi va reestrga kiritadi.
“Deylik telefon topib olindi. Topib olingan buyum seyf yoki maxsus jihozlangan xonada 6 oy davomida saqlanadi. Shu vaqt davomida telefon egasi aniqlansa, telefon egasiga sms xabarnoma yuboriladi. Agarda 6 oy ichida topilmaning egasi aniqlanmasa, u holda buyumga nisbatan mulk huquqi uni topib olgan fuqaroga taklif qilinadi”, deydi Sevara O‘rinboyeva.
Agar fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auksionga quyadi va sotadi.
Ma’lumot uchun, Hukumatning 28-sonli qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatildi. Bu xizmat endi davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilmoqda. Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berilganligi uchun BHMning 5 foizi (13 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda miqdor 10 800 so‘mni tashkil etadi.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan berilganda, to‘lov BHMning 2 foizi (5 400 so‘m) miqdorida undiriladi.

Kiritildi: 23:33 20.04.2022. O'qildi: 3671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!