Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Yunusobodda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobodda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida beshta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 23 yanvar kuni taxminan soat 15:20 larda Yunusobod tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Nexia-2, ikkita Lacetti, Spark va Nexia-3 rusumli avtomashinalari o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yunusobodda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobodda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rish mumkinki, Nexia-2 transport vositasi Lacettiʼning ustiga chiqib ketgan.

Ta’kidlanishicha, YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:02 23.01.2025. O'qildi: 2013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!