Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar shaxslari xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 269,8 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G‘.S.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari D.S. aholidan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan 95,2 mln so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.