Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yunusobodda pirotexnika buyumlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

A A A
Yunusobodda pirotexnika buyumlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.B.ning xonadonidan fuqaro S.B.ga tegishli yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan 378 dona “Best Cold Fountains Indon Use”, 96 dona “Salyut” va 20 dona “Volk” nomli pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:24 11.12.2023. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!