Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), ko‘chirilgan falastinliklar joylashgan G‘azo sektoridagi Al-Aqso shahidlari shifoxonasi hududidagi chodirlarni Isroil tomonidan bombardimon qilinishi dunyoni larzaga keltirishi kerakligini aytdi.
"Bugun bizning ekranlarimiz yana o‘ldirilgan va yoqib yuborilgan bolalar, bombalangan chodirlardan qochishga urinayotgan oilalar tasvirlari bilan to‘ldiriladi", deyiladi YUNISEFning ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarda.
Bu tasvirlar jahon hamjamiyatini chuqur hayratga solishi kerakligi ta’kidlangan. YUNISEF bolalarga nisbatan bu dahshatli zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi.
Shuningdek, Isroilning shifoxona va maktabga uyushtirgan ketma-ket portlashlari 15 nafar bolaning hayotiga zomin bo‘lgani, G‘azoda xavfsiz joy yo‘qligini yana bir bor tasdiqlagani qayd etilgan.
Isroil qo‘shini G‘azo markazidagi Al-Aqso shahidlari kasalxonasidagi chodirlarga yirik hujumlar uyushtirdi, natijada 4 nafar falastinlik, jumladan bir bola va bir ayol halok bo‘ldi, 40 nafari yaralandi.