Aktyor Kerem Byursin va aktrisa Xande Erchel bir necha oylardan buyon nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda eng mashhur juftliklardan biri bo‘lib kelayotgandi.
Bir necha kun oldin esa Erchel janjal chiqargani, natijada munosabatlarga nuqta qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Turkiyaning yetakchi nashrlari er-xotinning janjali haqida yozgan va kun davomida na Kerem, na Ercheldan hech qanday raddiya olishmagan.
Gedje nashri jurnalistlari Keremning bir nechta tanishlari bilan suhbatlashdi. Suhbat natijasida ma’lum bo‘ldiki, Erchel Kerem bilan yarashish uchun har tomonlama harakat qilmoqda. Ammo aktyor hozircha u bilan munosabatlarni tiklamoqchi emas.