Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yulduz Turdiyeva Parijdagi De la Ville teatrida konsert berdi

A A A
Yulduz Turdiyeva Parijdagi De la Ville teatrida konsert berdi

Fransiyada «O‘zbekiston madaniyati va san’ati kunlari» doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, san’at kechalari o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva Parijdagi De la Ville teatrida konsert berdi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Konsert De la Ville teatri prodyuseri, musiqashunos Soudabeh Kiya tomonidan tashkil etildi. U mamlakatimizda o‘tkazilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalida hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lgan, maqom san’ati bo‘yicha tajribali mutaxassis hisoblanadi. Soudabeh Kiya 2018 yili Shahrisabzda tashkil etilgan xalqaro maqom anjumaniga tashrif buyurgan. Parijda O‘zbekiston xalq artistlari Turg‘un Alimatov, Munojot Yo‘lchiyevalarning konsertlarini o‘tkazishda tashkilotchilik qilgan.

Konsertga Fransiyaning madaniy, akademik doiralari, jamoatchilik vakillari taklif etildi. «Dugoh», «Sarahbori oromijon», «Munojot» kabi maqom san’ati durdonalari, mavrigilar hamda xalq ashulalaridan tuzilgan bir yarim soatlik konsert dasturi parijliklar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Kiritildi: 13:01 08.10.2018. O'qildi: 2007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!