Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yulduz, Nasiba, Sherali va qator xalq artistlariga Prezident farmoni bilan yangi unvon berildi

A A A
Yulduz, Nasiba, Sherali va qator xalq artistlariga Prezident farmoni bilan yangi unvon berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi va serqirra ijodi, ilmiy faoliyati, samarali xizmatlari, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”

Yo‘ldoshev Behzod Sodiqovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Tog‘ayev Baxshikul Karimovich - Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon tongi” ashula va raqs badiiy havaskorlik jamoasi baxshisi, Surxondaryo viloyati

“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”

Abduraxmanov Orazbay - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”

Ro‘ziyeva Anor Rayimovna - Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri vokal artisti

Habibov Ne’matulla Maxaramovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Xalqnazarova Lizaxan Utepbergenovna - Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”

Abdurahimov Ahmad Mamajanovich - Toshloq tumanidagi 22-bolalar musiqa va san’at maktabining an’anaviy xonandalik sinfi o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Inoyatov Rahmatullo - Buxoro san’at kolleji an’anaviy xonandalik bo‘limi o‘qituvchisi

Mo‘minova Lola Raximovna - Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Orziyeva Dilbar Adizovna - Navoiy shahridagi Mehribonlik uyi direktori

Rahimov Eshturdi - Mehnat faxriysi, “Nuroniy” jamg‘armasining Nurobod tumani Kengashi a’zosi, Samarqand viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Efremov Ivan Vladimirovich - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdullayeva Nasiba Melikovna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Ahmedov Yoqub - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Baymuradov Elmurod Dilmurodovich - Shahrisabz shahridagi “Baxtli bolalik” namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

Jo‘rayev Sherali - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Zokirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari

Otajonov Ortiq - O‘zbekiston xalq artisti

Sagdiyev Yodgar Habibovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Usmonova Yulduz Ibragimovna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Aleushiyeva Jgagul Smailovna - Shumanay tumani 57-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi ginekolog shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ahmedova Zahro Raxmatovna - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti laboratoriyasi mudiri

Jalolov Boxodir Fazletdinovich - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, rassom

Jalilov Ismoil To‘laganovich - O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri badiiy rahbari

Kamalov Telman Tolyaganovich - Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qandli diabetning yiringli asoratlari bo‘limi mudiri

Kamilova Xalida Xafizovna - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

Qurbanov Rahmatjon Xudarganovich - Urganch shahar 2-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, Xorazm viloyati

Lutpullayev Xayrulla - O‘zbekiston xalq artisti

Mo‘minova Zulfiya Mardanovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

Rashidov Tursunboy - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi

Sabirov Leonard - Samarqand davlat universitetining nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi professori

Tojiboyev Maxmudjon Goziyevich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining an’anaviy ijrochilik kafedrasi professori

Xalilova Mavluda Boltayevna (Matluba Dadaboyeva) - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi katta ilmiy xodimi

Yuldashev Akmal Akramovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona viloyati filiali direktori
I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Varisova Maksuda Azizovna - Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining 19-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Abdujapparov Sulayman Baxreddinovich - Jizzax viloyati onkologiya dispanseri bosh shifokori

Baxronov O‘tkir Shodiyevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy viloyati filiali kardiologiya bo‘limi shifokori

Boydedayev Toxir Raximjonovich - Namangan shahar 1-sonli shifoxona bosh shifokori

Dadamuhamedova Shohida Mubashirovna - Buxoro viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori

Jo‘rayev Mirjalol - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali direktori

Nazarov Nutfullo - G‘ijduvon tumani tibbiyot birlashmasi 68-qishloq oilaviy poliklinikasi shifokor-terapevti, Buxoro viloyati

Qosimova Feruza Abduvaliyevna - Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Navro‘z” qishloq vrachlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati

Qurbonov Sherali Shaymatovich - Denov tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri, Surxondaryo viloyati
“Do‘stlik” ordeni bilan

Asretdinov Hasanboy Yuldashevich - Norin tumani madaniyat bo‘limi mudiri – madaniyat va aholi dam olish markazi direktori, Namangan viloyati

Ahmedov Murod Erkinovich - Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Ahmedova Zarina Ahmedovna - O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi “Navro‘z” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

Baltaniyazov Sarsenbay Aytmuratovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi dosenti

Berdimurodov Amridin Ergashovich - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori

Varlamova Natalya Gennadyevna - O‘zbekiston orkestrlari birlashmasi Milliy simfonik orkestri artisti

G‘afurov Sattarjon - Namangan viloyati tojik milliy madaniy markazi raisi

Jo‘rabayeva Charosoy Hosiljanovna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri Yoshlar baleti (“Tumor” raqs ansambli) badiiy rahbari

Dolimov Ulug‘bek - Mehnat faxriysi, adabiyotshunos olim

Ivanov Sergey Vikentyevich - “Usto” uyushmasi a’zosi, usta kulol

Karimbayeva Nigora Abduraxmanovna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi, kinoaktyor

Kerimov Fikrat Azizovich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori

Qurbonov Hasan Ismatovich - Kitob tumanidagi “Kitob gullari” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

Lixodziyevskiy Anatoliy Stepanovich -O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori

Mahmudov Nizomiddin Mamadaliyevich - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Musayeva Firuza Yusupovna - “Farhod” madaniyat saroyi “Baxtli bolalik” xalq raqs ansambli baletmeysteri, Navoiy viloyati

Muxitdinova Larisa Asamovna -V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyi direktori o‘rinbosari, fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi

Nazarova Zulfiya Sheraliyevna - Jizzax viloyati perinatal markazi reanimasiya va anesteziologiya bo‘limi katta hamshirasi

Nazarova Salima Kayumovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi endokrinologiya dispanseri bosh shifokori

Razakov Nabi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi “Star layt” studiyasi rejissyori

Saidov Farxod Jo‘rayevich -Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Madaniyat va ma’rifat markazi xonandasi

Saitova Erkinoy - Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi o‘qituvchisi

Toksanbayeva Gulbaxar Orazbayevna - Mo‘ynoq tuman madaniyat va aholi dam olish markazi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

To‘rayev Halim - Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi professori

Tursunov Sanjar Shokirjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Tursunova Xurshidaxon Atabayevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi dosenti

Usmonov Farid - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Usmonova Dilbar Saidmaxmudovna - Qibray tumanidagi “Farhod - madad shifo” xususiy klinikasi endokrinologiya bo‘limining oliy toifali shifokor-endokrinologi va klinika menejeri, Toshkent viloyati

Chernisheva Anastasiya Igorevna - Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri

Sheraliyeva Tatyana Turgunovna - Farg‘ona viloyati madaniyat va aholi dam olish markazi direktori

Yusupov Jalil Jo‘rabayevich - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh muhandisi

Mamlakatimizda ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Shuhrat” medali bilan

Abduraxmanov Kamil Fazilovich - Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining onkologiya kafedrasi dosenti

Azlarov Akmal Akramovich - “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, yog‘och-o‘ymakor usta

Annazarov Jasvantbek Baxramovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh

Babanazarov Baxodir Babajanovich - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Sirdaryo viloyat ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati direktori

Berdimbetova Gulaim Yesenovna - Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori o‘rinbosari

Boltayev Farxod Nazarovich – Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri rejissyori

Daminov Irgash Inoyatovich - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i

Kan Vitaliy Sergeevich - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi katta o‘qituvchisi

Kattayeva Fotima Boltayevna - Qarshi shahridagi "Muruvvat" nogiron bolalar internat uyi enagasi

Mirzayeva Zebo Boymanovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

Mustafokulov Samariddin Istatpulotovich - Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi direktori

Nurmatov Xabibulla Isanbayevich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining o‘zbek xalq cholg‘ulari bo‘limi o‘qituvchisi

Raziqova Fotima Bafoyevna - Buxoro viloyat bolalar uyi bosh tarbiyachisi

Rahmatullayev O‘ktam G‘ulomovich - Bo‘ka tumanidagi 19-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, Toshkent viloyati

Tulayeva Oyim Turayevna - O‘zbekiston orkestrlari birlashmasi Respublikada xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi artisti

Fazlutov Zamir Yamilevich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti

Xo‘jayev Ablat - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining yetakchi ilmiy xodimi

Shaybakova Liliya Vadimovna - Yoshlar simfonik orkestri artisti

Shodiyev Muzafar Yuldoshovich - “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati kinorejissyori

Eshniyozov Jo‘rabek Jabborovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test sinovlarining kompyuter tahlili va axborotlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
Manba: qalampir.com
 
Kiritildi: 00:41 29.08.2018. O'qildi: 5793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!