«Kreml fantast-jurnalisti Vladimir Solovyov navbatdagi efirida Markaziy Osiyoda «maxsus operasiyalar» o‘tkazish haqida safsata sotibdi. Xalqaro huquqqa «tupurish»ni taklif qilgan bu nusxa, mintaqamizni o‘zining imperiyacha doktrinalariga kiritishni taklif qilibdi. Zamon o‘zgardi. Xalqlar taqdiri telestudiyalardagi baqir-chaqirlar yoki «katta og‘alar»ning ko‘rsatmasi bilan hal qilinadigan davrlar tarix axlatxonasiga ketganiga ancha bo‘ldi.
Sarhadlarimiz — bizning or-nomusimiz. Mustaqilligimizga bo‘lgan har qanday tahdid «itoatkorlik» bilan emas, millatimizning birdamlikdagi qat’iy zarbasi bilan qarshi olinadi. Bunday provokasiyalar faqat va faqat qo‘shnilarni dushmanga aylantiradi. Bizda o‘z uyimizni himoya qilish uchun iroda ham, resurs ham, jasorat ham yetarli!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!»