Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

YTHda eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi

A A A
YTHda eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi

O‘tgan oyda ham haydovchilarga qator yengilliklar berildi.

Birinchi bor huquqbuzarlik qilganlarni jazolash emas, ogohlantirish yo‘lga qo‘yildi.

Yo‘l chiziqlarini bosish holatlarini kamera orqali fiksasiya qilish bekor qilindi.

Jamoat transporti uchun mo‘ljallangan tasmalarda kechqurun boshqa haydovchilar ham yurishiga ruxsat berildi.

Shaharlarda yo‘llarni kunduzi ta’mirlash taqiqlandi.

Radar bor joyda yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy bo‘ldi.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligini qayd etdi.

Mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalari oqibatidagi zarar yalpi ichki mahsulotga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu mudhish hodisalarda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olgan.

Eng achinarlisi, avariyalar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok bo‘lgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.

Kiritildi: 15:25 09.07.2025. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!