Bu raqamni aytaylik, O‘zbekiston teri yoki sut mahsulotlari eksportidan olayotgan daromadlar hajmi bilan solishtirsa bo‘ladi.
"Iqtisodiy sharh" jurnali o‘rganishlariga ko‘ra, Youtube O‘zbekistonda monetizasiya qilinishi natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga $30-50 mln.ga yetishi mumkin. Yangi kontent yaratuvchilar soni oshib, kreativ sanoat rivojlanadi (kreativ iqtisodiyot bo‘yicha katta rejalar qo‘yilayotganiga qaramay, amalda so‘z erkinligi koridorlari torayishi hisobiga uning tobora biqiqlashuvi yuz bermoqda).
Hozirda, Youtube'ning o‘zbek segmentida kontent yaratuvchilarda xarajat bor, lekin platformadan olinadigan bevosita daromad yo‘q (mintaqada faqat Qozog‘istonda monetizasiya ochiq). Monetizasiya ochilishi milliy kontent uchun faqat davlat mablag‘lari emas, reklama daromadlarini yo‘naltirish, sifatni oshirish va boyitish imkoniyatlarini ochgan bo‘lardi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi o‘tgan 2024 yilda 2,1 trln.so‘mni tashkil etgan, 29% - raqamli reklamaga to‘g‘ri keladi (20% - tashqi reklama, 51% - telereklamalar). Lekin bu faqat ichkaridagi tranzaksiyalar hisobiga. Reklama eksporti deyarli yo‘q (import bor va yildan yilga oshmoqda).