Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

YouTube foydasiz videolarni yo‘q qilmoqchi

YouTube foydasiz videolarni yo‘q qilmoqchi

YouTube hamkorlik dasturining monetizasiya siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish niyatida. Bu orqali qaysi kontent daromad keltirishi va daromad keltirmasligini batafsil o‘rganadi.

Yangilangan qoidalar reaksiya videolari yoki montajlar kabi ma’lum turdagi videolarning monetizasiyasini cheklashi mumkin. Chunki tomoshabinlar uni ko‘pincha spam sifatida qabul qilishadi.

Bugungi kunda YouTube past sifatli kontent bilan to‘lib ketgan. Foydalanuvchilar sintezlangan ovozlarni fotosuratlar yoki videokliplarga joylashtmoqdalar. Masalan, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan jinoyat ishlari bo‘yicha seriyallar tezda mashhurlikka erishib ulguryapti.

Kiritildi: 23:47 10.07.2025. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!