Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yoshlar Ittifoqi yo‘qolib qolgan Abdulloh Tohirov bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Yoshlar Ittifoqi yo‘qolib qolgan Abdulloh Tohirov bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

So‘nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Axborot xizmati xabar berdi.

Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat bo‘yicha bir necha kun avval o‘rganish ishlarini boshlagan. Bizga ma’lum qilishlaricha, Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shug‘ullanmoqda va tez orada bu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot beriladi.

“Biz imkonimiz boricha Abdulloh va uning yaqinlariga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyormiz. Ayni vaqtda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilmoqda.

Biz jarayonning ochiq va shaffof o‘tishi, holat bilan bog‘liq aniq ma’lumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishini istab qolamiz“, deyiladi Ittifoq bayonotida.

Kiritildi: 15:43 08.11.2019. O'qildi: 3736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!