Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Yoshlar ishlari agentligi vakili Amir Temur hiyoboniga to‘plangan yoshlarga murojaat bilan chiqdi

A A A
Yoshlar ishlari agentligi vakili Amir Temur hiyoboniga to‘plangan yoshlarga murojaat bilan chiqdi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik blogerning o‘z obunachilariga pul tarqatishi haqidagi chaqiruvi ortidan ko‘plab fuqarolarning Amir Temur xiyobonida to‘plangani aks etgan videolar tarqaldi. Bloger tashabbusi bilan 13 iyul kuni soat 22:30larda asosan yoshlar iborat bir guruh fuqarolarning hiyobonda to‘planishi keng jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Xususan, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshkarmasi boshlig‘i Abdulaziz Nazirov ushbu holatga o‘z munosabatini bildirib, yoshlarni ogohlikka chorladi.

– “Xabaringiz bor, yurtimizdagi epidemiologik vaziyat sabab bir qancha kovid-markazlar faoliyati qayta tiklandi. Ommaviy tadbirlarga vaqtinchalik cheklovlar qo‘yildi. Poytaxtda yuzlab yoshlar – volontyorlarimiz Toshkent shahridagi kovid-markazlarda erta-yu kech faoliyat yuritishmoqda”, deydi A. Nazirov.

U yoshlarga yo‘llagan murojaatida bunday sharoitda ulardan ommaviy ravishda to‘planmasliklari, karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘ragan. Buning o‘rniga barcha yoshlarni birlashib, vaksina olishda faol ishtirok etishga chaqirgan.

– “Shundagina koronavirusdan tezroq qutilamiz va birgalikda yana tadbirlarni tashkil qilamiz”, deya ta’kidlagan Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar boshkarmasi boshlig‘i.

Kiritildi: 22:21 14.07.2021. O'qildi: 2416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!