Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–863-son, 18.08.2023-y.) bilan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
🔰 Agentlik, jumladan:
▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
▫️qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
➡️ Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.
❕Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berildi.