Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi!

A A A
"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi!

Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinib, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra jamg‘arma mablag‘lari: 

-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;

-yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;

-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;

-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

-mamlakatimizdagi OTMda o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;

-“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 22:54 25.03.2021. O'qildi: 2599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!