Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar yodgorlik sifatida muhofaza qilinadi

A A A
Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar yodgorlik sifatida muhofaza qilinadi

Qonunchilikka ko‘ra, xatlov o‘tkazishda 100 yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reestr yuritilishi belgilangan.

✅ Tabiat yodgorligi deb e’lon qilingan daraxtlarni tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan 1 metrdan kam bo‘lmagan masofada va balandligi 1 metr 20 santimetr bo‘lgan metall panjara bilan o‘ralishini ta’minlashi kerak.

🔘 Shuningdek, ushbu daraxtlar to‘g‘risidagi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi (daraxtning nomi, uning yoshi, reestr raqami, joylashgan manzili) ma’lumotni o‘z ichiga olgan yorliq metall panjaraga osib qo‘yilishi zarur.

Kiritildi: 13:52 28.03.2023. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!