🔵 “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari” g‘ayratli va tashabbuskor yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
🔵Yosh tadbirkorlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan.
🔵Yoshlarga dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda loyihalarni amalga oshirish uchun 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berish tartibi tasdiqlangan.
🔵«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya ajratiladi.
🔵«Yoshlar daftari»ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun ham subsidiya ajratiladi.
🔵Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy qilingan.
🔵Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi.