Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Yoqimli ishtaha! Mo‘ynoqda "Orol dengizi baliqlaridan 99 tur taomlar" festivali o‘tkazilmoqda

A A A
Yoqimli ishtaha! Mo‘ynoqda "Orol dengizi baliqlaridan 99 tur taomlar" festivali o‘tkazilmoqda

Manti, salat, somsa, pishiriqlar, pissa, desert... Bugun turli taomlarni faqat bir jihat birlashtirdi - ularning hammasi baliqdan tayyorlandi.

Yoqimli ishtaha! Mo‘ynoqda "Orol dengizi baliqlaridan 99 tur taomlar" festivali o‘tkazilmoqdaYoqimli ishtaha! Mo‘ynoqda "Orol dengizi baliqlaridan 99 tur taomlar" festivali o‘tkazilmoqdaYoqimli ishtaha! Mo‘ynoqda "Orol dengizi baliqlaridan 99 tur taomlar" festivali o‘tkazilmoqda

Ayni damda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan "Orol dengizi baliqlaridan 99 tur taomlar" festivali o‘tkazilmoqda. Maqsad Qoraqalpog‘istonda, xususan Mo‘ynoq tumanida o‘ziga xos bo‘lgan gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududda madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar sonini ko‘paytirish va bu orqali mahalliy va xorijiy turistlar tashrifini ko‘paytirishdir.

Ma’lumot uchun, bu festival 2018 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda.

Kiritildi: 13:31 29.09.2022. O'qildi: 3691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!