Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilgan operator aniqlandi

A A A
Yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilgan operator aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.n.” MCHJ Poytug‘ filiali operatori M.A. va boshqalar o‘zlarining moddiy javobgarligida bo‘lgan 897,6 mln so‘mlik jami 105,7 tonna benzin va dizel yoqilg‘isi sotuvidan tushgan mablag‘larni kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:24 24.01.2023. O'qildi: 2447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!