Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yonidan taqiqlangan moddalar topilgan haydovchining avtomobili qidiruvda bo‘lib chiqdi

Yonidan taqiqlangan moddalar topilgan haydovchining avtomobili qidiruvda bo‘lib chiqdi

2022 yil 28 noyabr kuni soat 23:25 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX va boshqa sohaviy xizmat xodimlari hamkorligidagi tekshiruvlar davomida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan SH.A. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasi qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan, shuningdek, haydovchining xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar davomida haydovchi SH.A.ning yonidagi gugurt qutisi ichidan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi hamda sellofanga solingan va pul kupyuralariga o‘ralgan oq rangli, o‘tkir hidli, kukunsimon moddalar topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro SH.A. va topilgan moddalar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.

Kiritildi: 10:49 30.11.2022. O'qildi: 1447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!