Ijtimoiy tarmoqlarda ona bolalarini suvga tashlab yubormoqchi bo‘lganligi haqida xabarlar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi.
Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 11 iyul kuni tarmoqlarda "Samarqand viloyati Jomboy tumanida bir ayol 2 farzandini tashlab yubormoqchi bo‘ldi" mazmundagi xabarlar tarqalgan edi.
Amalga oshirilgan tezkor surishtiruv natijasida xabarlar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi.
Ushbu yolg‘on axborotni tarqatgan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tumani sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 202-prim 2 moddasi (Yolg‘on axborot tarqatish) bilan jarima jazosi tayinlandi.