Rossiyalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan, operasiyadan keyingi yiringli asoratlar va yaralarni davolashda yordam beradigan plyonka patentlandi.
Maykop davlat texnologiya universitetining Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va umumiy ovqatlanish kafedrasi xodimlari tibbiyot institutidagi hamkasblari bilan birgalikda bir qator tadqiqotlar o‘tkazishdi. Natijada biologik parchalanadigan, yarani davolovchi plyonkaga patent olindi. Mazkur ixtiro diabetda operasiyadan keyin yuzaga keladigan yiringli asoratlarini davolashda va venoz yetishmovchiligidan kelib chiqadigan yazvali nuqsonlarni davolashda qo‘llanilishi mumkin.
Yara yuzasini davolash uchun uzoq muddatli biologik parchalanadigan plyonka tarkibi olma, qand lavlagisini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilardan olinadigan maxsus pektinlar, baliq kollagenidan iborat, deyiladi aif.ru saytida.