Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yil yakuniga qadar pensiyalar miqdori oshirilishi kutilmoqda

A A A
Yil yakuniga qadar pensiyalar miqdori oshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yil yakunigacha pensiyalar miqdorini inflyasiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda, jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgani aytildi.

Oliy majlis qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Birinchisi — har yili davlat pensiyalari miqdorini inflyasiya darajasida qayta hisoblash, oshirib borish tizimini joriy etish, yil yakuniga qadar pensiyalar miqdorini inflyasiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgan. Ikkinchi o‘zgarish — fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash va pensionerlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, Pensiya jamg‘armasiga davlat byudjetidan transfertlar miqdori 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov shu yilning mart oyidagi matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasi uchun 14,5 trillion so‘m tashqi qarz jalb qilinishini ma’lum qilgan.

Respublikada joriy oy uchun jami 4,5 million kishiga pensiya va nafaqalar to‘lab berilgan. Shundan qariyb 3,2 million nafar odam (72 foiz) to‘lovlarni bank kartalariga qabul qilib olgan.

Kiritildi: 18:23 19.09.2023. O'qildi: 1805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!