Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda jami 229,7 km suv quvurlari tarmog‘i ishga tushirilgan.
Shundan 205,9 kilometri, ya’ni 89,6 foizi qishloq joylarda ishga tushirilgan.
🇺🇿 Hududlar kesimida ishga tushirilgan suv tarmoqlari uzunligi:
Samarqand viloyati — 94,6 km;
Jizzax viloyati — 70,2 km;
Farg‘ona viloyati — 42,9 km;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22 km.