2024 yilning dastlabki 6 oyida 10 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 37.179 nafar shaxsga nisbatan 29.086 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitasiya qilingan.
Sudlangan shaxslar soni 29.382 nafarni tashkil etib, shundan 10.287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18.579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan, 516 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 26.028 nafari erkak, 3.354 nafari ayol, 11.145 nafari yoshlar (shu jumladan 1.068 nafari voyaga yetmagan) va 1.105 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.