Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin telefon orqali muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi. Qo‘ng‘iroq Rossiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Si Szinpin suhbat davomida Xitoy va Rossiyani "bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan yaxshi do‘stlar" deya ta’rifladi.
Bundan oldin Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu suhbat haqida ma’lumot bergandi. U suhbat chog‘ida rahbarlar AQSh va Rossiya delegasiyalarining Ar-Riyoddagi uchrashuvi natijalarini ham muhokama qilishlarini ta’kidlagan edi.
19 fevral kuni Vladimir Putin 18 fevralda Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari haqida BRIKS bo‘yicha hamkorlarini, jumladan Xitoyni xabardor qilishni rejalashtirganini ma’lum qildi.