Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Yaxshi bo‘lish osonmi 4” multfilmi debyutining ilk kunlarida 220 mln dollardan ortiq kassa tushumlariga ega bo‘ldi

“Yaxshi bo‘lish osonmi 4” multfilmi debyutining ilk kunlarida 220 mln dollardan ortiq kassa tushumlariga ega bo‘ldi

Amerikaning Illumination va Universal Pictures kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan “Yaxshi bo‘lish osonmi 4” animasion komediyasi Shimoliy Amerika va xorijiy davlatlarda 3 iyul kuni debyut qilib, dam olish kunlarining o‘zida 229,5 million dollar kassa daromadlariga ega bo‘ldi.

Jami yig‘ilgan mablag‘ning 112,6 million dollari AQSh tomoshabinlariga tegishli, chunki yaqinda Amerika aholisi o‘zining Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan besh kun dam olgan. Boshqa xorijiy davlatlardan kelgan tushum 34 million dollardan 107 million dollarga chiqdi.

“Yaxshi bo‘lish osonmi 4” multfilmining byudjeti 100 million dollarni tashkil etgan bo‘lib, loyiha syujeti Gryu va uning turmush o‘rtog‘i Lyusi, shuningdek, qahramonlar oilasining yangi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Ular makkor va yovuz Maksim hamda uning sevgilisi Valentina bilan to‘qnash keladi.

Film rejissyorligiga “Yaxshi bo‘lish osonmi 2”, “Minionlar” kartinalarini suratga olgan Kris Reno qaytdi. Rollarga Stiv Karell, Kristen Uig, Uill Ferrell, Sofiya Vergara va boshqa aktryorlar ovoz berdi.

Kiritildi: 13:48 09.07.2024. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!