Bugun, 1-avgust kuni soat 11:25 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Bog‘bon” MFY Normuxammedov mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylar xonadonlaring birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon soat 11:32 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:41 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida yuqori qavatdagi xonadon balkonida turgan 2 kv.m maydonda uy-jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.