Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yashnobod va Chilonzorning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

A A A
Yashnobod va Chilonzorning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

Bugun — 3 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod va Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’ektlarida elektr energiyasi soat 12:00 dan 18:00 qadar vaqtincha o‘chirildi.

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida Yashnobod tumanining “Mirishkor” MFYning Ilg‘or shox, Tolariq, Masjid, S.Azimov hamda "Darhon" ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida, Chilonzor tumanining "Afshona", "Ilg‘or", "Cho‘ponota" ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Kiritildi: 16:29 03.06.2023. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!