Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yashnobod, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hududida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

A A A
Yashnobod, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hududida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 6 noyabr kuni Toshkentning ayrim tumanlaridagi qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 6 noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Yashnobod tumani — “Tovkantepa” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Bektemir tumani — “Gulbog‘” MFYning ayrim hududlarida 14:00 dan 17:00 gacha
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “H.Abdullayev” va “Sarbon” MFYlarining ayrim hududlarida 10:00 dan 16:00 gacha.

Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Kiritildi: 10:45 06.11.2023. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!