Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova tomonidan hududlarda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Jumladan, mahalliy ahamiyatga ega 4K-669 avtomobil yo‘lining chetlarida olib borilayotgan obodonlashtirish, daraxt ekish, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish kabi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Tuman rahbari har bir hududga biriktirilgan mutasaddilarga obodonlashtirish va daraxt ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.