Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yashash xonadonida «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlayotgan shaxs fosh bo‘ldi

Yashash xonadonida «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlayotgan shaxs fosh bo‘ldi

Xavfsiz hudud keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori – 2021» tezkor tadbiri davomida Olot tumani «Yoshbotir» mahallasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan B.B.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganida, xonalarning birida ko‘k rangli matodan tikilgan xalta ichida viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 65.59 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi «marixuana» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:01 12.08.2021. O'qildi: 1431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!