Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Baxmal va Zomindagi tog‘ hamda qir-adirliklarga kirish pulli bo‘ldi(mi)?

Baxmal va Zomindagi tog‘ hamda qir-adirliklarga kirish pulli bo‘ldi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda Baxmal va Zomin tumanlaridagi tog‘ va qir-adirliklarga kirish pulli bo‘lganligi mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2015 yil 30-sentyabrdagi 278-son qaroridagi O‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom ilovasining 5-bandida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreasion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar uchun 1 sutkaga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0.05 koeffisiyenda belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishni tartibga solishning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi 13-sonli qarorining 3-bandida Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun har bir tashrif buyuruvchi uchun sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida amalga oshiriladi, deb belgilab qo‘yilgan.

Shunday ekan, muhofaza etiladigan hududlarga tashrif buyuruvchilar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida belgilangan to‘lov summasining to‘lanishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida belgilab qo‘yilganlig ma’lum qilindi.

Kiritildi: 23:00 01.05.2024. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!